21:30 / 04.04.2021
932

O‘zbek tadbirkorlari Afg‘onistondagi konferensiyada 12ta kelishuv imzolashdi

O‘zbek tadbirkorlari Afg‘onistondagi konferensiyada 12ta kelishuv imzolashdi
30 mart-3 aprel kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘lib o‘tgan matchmeyking konferensiyasida o‘zbek tadbirkorlari xorijiy investorlar bilan 6 yo‘nalish bo‘yicha 12ta shartnoma imzolab qaytdi.

Oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va yuvish vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan 20 nafarga yaqin o‘zbek tadbirkorlari «o‘zbek-afg‘on matchmeyking» konferensiyasida bo‘lib qaytdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, o‘zbekistonlik tadbirkorlar Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlar, xususan, yarim milliarddan oshiq aholi yashaydigan hudud – Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi davlatlarga chiqish imkonini beruvchi 12ta shartnoma imzoladi.

«Biz Afg‘onistonga olib keladigan narsalar, asosan, yo‘l qurilish texnikalari. «O‘zbek-afg‘on matchmeyking» konferensiyasida Kobulda yo‘l va binolar qurish uchun zaruriy qurilish texnikalarini afg‘on quruvchilariga taklif etdik. Ushbu konferensiyada 20dan oshiq o‘zbek tadbirkorlari o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda. Bunday ko‘rgazmalar Afg‘onistonda ikkinchi bor o‘tkazilishi, avval Mozori Sharif shahrida ham tashkil qilingan edi», deydi o‘zbekistonlik tadbirkor Ahliddin Ahmadjonov.

Xabar qilinishicha, dastur davomida O‘zbekistonning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov delegatsiya a’zolari bilan uchrashib, mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidlagan.

Loyiha O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi hamda Biznesni rivojlantirish uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbek tadbirkorlari Afg‘onistondagi konferensiyada 12ta kelishuv imzolashdi