18:06 / 22.04.2021
1 382

Xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji uchun 500 million dollar beriladi

Xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji uchun 500 million dollar beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari soha rivojiga ajratiladigan mablag‘ bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qilmoqda.

Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 500 million dollar beriladi. Bu juda katta mablag‘. Pulni maqsadli va rejali sarflash lozim.
Hokimlar, o‘z ustingizda ishlashni bilmaysiz. Prezidentning jamoasida ishlagan odam yo aravani tortadi, yoki ketadi. Bu ham mardlik!
— dedi davlat rahbari.

Prezident yig‘ilish davomida mutasaddilardan quruq va’da bermaslik va vaziyatga real qarashni talab qildi.
Bugun so‘zga chiqqan odamlar «bajaraman» demasdan, vaziyatga real qarasin. Har bir vazir vatanparvar bo‘lib, ajratilgan mablag‘ni halol-pok, rejali, aql bilan sarflasa rivojlanish bo‘ladi.
Mana shu yig‘ilishda qatnashayotgan  eng kichik rahbarlar ham halol ishlasa, baraka bo‘ladi. Biz ko‘plab sohalarga investitsiya olib kelmoqdamiz. Ammo xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun ichki imkoniyatlarimiz yetarli
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari xizmat ko‘rsatishga ajratiladigan mablag‘ qaysi sohalarga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
Tuman va shaharlarning mablag‘lardan samarali foydalanishiga qarab, 1 sentabrdan keyingi 150 million dollarni ajratamiz.

Bundan tashqari, Mirsoatov (Milliy bank) 28 ta yirik va o‘rta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, ta’lim ob’ektlari, yirik savdo komplekslarini tashkil etish uchun, shu yilning o‘zida qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ jalb qiladi.
Demak, budjetdan va banklar tomonidan qo‘shimcha ajratiladigan mablag‘ jami 500 million dollar yoki 5,5 trillion so‘mni tashkil etadi
, — dedi davlat rahbari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji uchun 500 million dollar beriladi