Davlat soliq qo‘mitasi hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish axborot tizimidagi o‘zgarishlar haqida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yil 23 apreldan boshlab soliq bazasini tuzatish uchun asos bo‘luvchi holatlar yuzaga kelganda, soliq to‘lovchilar qo‘shimcha yoki tuzatilgan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishi mumkin.
Soliq solinadigan bazani kamaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritish, oxirgi 12 oy davomida rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura ko‘rsatkichlariga tuzatish kirituvchi manfiy ko‘rsatkichlar bilan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha hisobvaraq-fakturani taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, soliq to‘lovchilarga 2021 yil 29 aprel soat 00:01dan 30 aprel soat 23:59gacha oxirgi 12 oy davomida u yoki bu sababga ko‘ra o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.
Bunda soliq to‘lovchilarning zimmasiga soliq bazasi va hisobga olingan QQS summasiga tuzatishlar kiritilgani hisobiga avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish majburiyati yuklatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi