17:09 / 17.05.2021
2 814

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 600 so‘mga qadar ko‘tarildi


O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 17 may, dushanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini ko‘tardi, deb xabar bermoqda Spot.

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 500 so‘mga sotib olishni, 10 600 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Xususan, UzNews dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklarni keltirdi:
  • «Anor bank»: sotib olish — 10 535, sotish — 10 600;
  • Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 520, sotish — 10 600;
  • NBU: sotib olish — 10 520, sotish – 10 600;
  • Orient Finans Bank: sotib olish — 10 500, sotish — 10 600;
  • «Savdogar bank»: sotib olish — 10 510, sotish — 10 605;
  • UzAgroExportBank: sotib olish — 10 500, sotish — 10 605.
Bunga qadar u fevral oyida yuqori narxda — 10 590 so‘mdan sotilgandi.
Markaziy bank fevral oyi o‘rtalaridan boshlab dollar kursini avvalgidek har hafta emas, har ish kuni e’lon qilib bormoqda. 12 may kuni e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda dollarning qiymati 10 550,84 so‘mni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 600 so‘mga qadar ko‘tarildi