11:40 / 15.06.2021
2 796

Biznes yuritish uchun Oʻzbekistonning eng qulay va noqulay hududlari maʼlum boʻldi


Oʻzbekiston Iqtisodiy izlanishlar markazi (CERR) 
2020 yilda turli viloyat va tumanlarda biznes yuritish uchun sharoitlar naqadar qulay yoki noqulay boʻlganiga baho berildi. Izlanishlar Bizes Indikator (Business Indicator) onlayn platformasi orqali amalga oshirildi.

Bizes Indikatorni hisoblashda - tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 25 punktdan iborat koʻrsatkich hamda 4 yoʻnalish boʻyicha tadbirkorlar orasida oʻtkazilgan soʻrovga asoslangan.

Tadqiqot natijalariga koʻra, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha viloyat va tumanlaridagi shaharlar reytingi tuzilgan.
Tadbirkorlik rivojlangani boʻyicha hududlar reytingi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Tadbirkorlik rivojlangani boʻyicha hududlar reytingi© CERR
Tadbirkorlikni rivojlantirishning eng yuqori darajasi - Toshkent shahrida qayd etilgan - 7,8 ball. Eng past koʻrsatkichlar esa Qashqadaryo - 4,5 ball, Surxondaryo - 4,5 ball va Samarqand - 4,6 ball viloyatlarida qayd etilgan.

Tumanlar orasida esa, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha eng yuqori ballar - Bektemir (9,0 ball), Moʻynoq (8,9 ball), Qoʻrgʻontepa, Yakkasaroy va Karmana (8,4 ball) tumanlarida qayd etilgan.

Eng past oʻrinlar esa - Baxmal (6,3 ball), Buvayda (6,4 ball), Tuproqqalʼa, Uchkoʻprik, Samarqand, Bekobod va Yangiyoʻl tumanlarida (6,5 ball) qayd etilgan.
Tadbirkorlik rivojlangani boʻyicha tumanlar reytingi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Tadbirkorlik rivojlangani boʻyicha tumanlar reytingi© CERR
Hisobotda aytilishiga koʻra, 2019 yilga nisbatan 2020 yilda Oʻzbekiston biznes yuritish borasida sezilarli yutuqlarga erishgan. Xususan:
  • tadbirkorlarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkka zarar yetkazish holatlari soni 13 barobarga kamaydi - 96 holat (2019 yilda - 1260 ta);
  • tadbirkorlarga berilgan kreditlar boʻyicha foizlar uchun kompensatsiya miqdori 3 barobar oʻsdi - 2,8 trln.soʻm (2019 yilda 855 mlrd. soʻm);
  • soʻnggi uch yil mobaynida uzluksiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 32,5% ga oshdi;
  • tadbirkorlar ishtirokida xoʻjalik va maʼmuriy sudlarda koʻrib chiqilgan nizolar 44% ga kamaygan - 97,6 ming nizo. (2019 yilda 173,3 ming);
  • tadbirkorlik subʼyektlarini tekshirishlar soni 8,5% ga kamaydi - 52,3 ming tekshiruv. (2019 yilda - 57,2 ming tekshiruv oʻtkazilgan).
Shuningdek, 25 ming nafar tadbirkorlar orasid oʻtkazilgan soʻrovda maʼlum boʻlishicha, 2020 yilda (2019 nisbatan) bank xizmatlari sifati yaxshilangan hamda biznes vakillarining davlat organlariga ishonchi ortgan.
Shu bilan birga, soʻrovda ishtirok etganlarning 44% homiylikka majbur qilinganligi va 40 % sud hukmlariga shubha bilan qarashi ham maʼlum boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Biznes yuritish uchun Oʻzbekistonning eng qulay va noqulay hududlari maʼlum boʻldi