14:27 / 03.08.2021
1 599

O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi?

O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi?

O‘zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi bu haqda tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 6 oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 7,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 22,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan. Eksport o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga, ya’ni qariyb 5,3 baravarga oshgan.

O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
  • Qozog‘iston – 11,8 ming tonna;
  • Rossiya – 6,3 ming tonna; 
  • Qirg‘iz R. – 2,9 ming tonna; 
  • Belarus – 527,0 tonna;
  • Latviya – 524,0 tonna; 
  • Ukraina – 484,2 tonna; 
  • Germaniya – 131,2 tonna; 
  • Moldova – 59,5 tonna.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi?
[/banner_pushhouse