18:35 / 25.08.2021
3 337

QQS bo‘yicha Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

QQS bo‘yicha Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
«Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5231-son, 24.08.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) QQS summasi soliq to‘lovchining O‘zbekistondagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hicobga olinadi.

Ushbu imkoniyat intizomli soliq to‘lovchilarga (oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan) tatbiq etiladi.

Tovarlar eksport bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kun ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga kelib tushmagan taqdirda, QQSning hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

2022 yil 1 yanvardan:
  • - QQSning salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;
  • - soliq to‘lovchiga tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirish huquqi beriladi.

2021 yil yakuniga qadar tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi ishlab chiqiladi hamda mazkur tartib tajriba tariqasida 2022 yil 31 dekabrgacha amaliyotga joriy qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » QQS bo‘yicha Prezidentning yangi qarori qabul qilindi