16:27 / 07.09.2021
1 095

O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakati bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakati bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda
6 sentabr kuni O‘zbekiston-Bangladesh biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov hamda Bangladesh Bosh vazirining xususiy sektor sanoati va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Salmon Fazlur Rahmon ishtirok etdilar.

Forumda Bangladesh axborot va kommunikatsion texnologiyalar vaziri Zunaid Ahmad Palak, Bangladesh Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari departamenti direktori Kiriti Chakma, «Dohatec New Media» va «IGW Operators Forum» kompaniyalari prezidenti Shamsuddoxa, «UniMed UniHealth Pharmaceuticals Ltd.» kompaniyasi boshqaruvchi direktori Musaddiq Nussayn kabi yirik ishbilarmonlar ham ishtirok etishdi.

Bangladesh Janubiy Osiyo mamlakati hisoblanib, O‘zbekistonning yaqin hamkorlaridan biri sanaladi. 2020 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning Bangladesh bilan tashqi savdo aylanmasi qariyb 38 million (eksport 22,4 million, import 15,6 million) dollarga dollarni etdi. Bu avvalgilariga qaraganda 13 foizga ko‘proq deganidir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan va unda Bangladesh delegatsiyasi ham qatnashgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakati bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda
[/banner_pushhouse