09:28 / 16.09.2021
1 769

O‘zbekiston 7 oyda qiymati 7 mln. AQSH dollari miqdorida sabzi eksport qildi

O‘zbekiston 7 oyda qiymati 7 mln. AQSH dollari miqdorida sabzi eksport qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 7 oyida O‘zbekiston 10 ta davlatga qiymati 7,0 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 47,4 ming tonna sabzi eksport qilgan.

Sabzi eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming tonnaga ko‘p.

O‘zbekiston sabzi va sabzi mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 28,2 ming tonna;
Qirg‘iziston – 16,0 ming tonna;
Rossiya – 2,9 ming tonna;
Tojikiston – 322,5 tonna;
Belarus – 10,3 tonna.

2021 yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p sabzi eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 12,5 ming tonna;
Toshkent viloyati – 10,7 ming tonna;
Qoraqalpog‘iston R. – 5,9 ming tonna;
Farg‘ona viloyati – 4,8 ming tonna.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 7 oyda qiymati 7 mln. AQSH dollari miqdorida sabzi eksport qildi