20:30 / 23.10.2021
2 235

O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiya yetkazib berishni to‘xtatdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiya yetkazib berishni to‘xtatdi
O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy energoxoldingi matbuot xizmati o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Qozog‘iston bilan elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimlar doirasida Qirg‘izistonga elektr energiyasi importi amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan 2021 yil davomida Qirg‘izistonga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan elektr energiyasi yetkazilgan. Shu bilan birga, hozirda tomonlar 2022 yilga rejalashtirilgan hajmlar hisobiga elektr energiyasini yetkazib berishni uzaytirish masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekistondan elektr energiyasini yetkazib berish ishlari yakunlangani sabab Qirg‘izistonga Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmi oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Qirg‘izistonning «Elektr tarmoqlari» kompaniyasi 2021 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekistonga va Qozog‘istonga suv oqizib yuborilayotganini tasdiqlagandi. Qirg‘iziston Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan 1,65 milliard kVt/soat elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv shartlarini bajarishni boshlagan.

Kelishuvga ko‘ra, Qirg‘izistonga Qozog‘iston tomoni 900 million kVt/soat, O‘zbekiston tomoni esa 750 million kVt/soat elektr energiyasini yetkazib beradi. Buning evaziga Qirg‘iziston 2023 yilga qadar yoz oylarida ikki mamlakatga suv yuboradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiya yetkazib berishni to‘xtatdi