20:55 / 23.10.2021
2 089

O‘zbekistonning tashqi savdodagi top-10 hamkorlari ma’lum qilindi

O‘zbekistonning tashqi savdodagi top-10 hamkorlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston bilan 2021 yilning yanvar—sentabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan 10 ta davlat nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng yirik hamkori — Xitoy. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 5,4 milliard dollarni (eksport – 1,8 milliard, import – 3,6 milliard) tashkil etgan. Keyingi o‘rinda 5,1 milliard dollar (eksport – 1,5 milliard, import – 3,6 milliard) savdo aylanmasi bilan Rossiya qayd etilgan. Kuchli uchlikni Qozog‘iston 2,8 milliard dollar (eksport – 840 million, import – 2 milliard) bilan yakunlagan.

Keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar egallagan:
Turkiya (savdo aylanmasi – 2,4 milliard, eksport – 1,3 milliard, import – 1,2 milliard dollar);
Janubiy Koreya (savdo aylanmasi – 1,4 milliard, eksport – 37 million, import – 1,3 milliard dollar);
Qirg‘iziston (savdo aylanmasi – 682 million, eksport – 562 million, import – 120 million dollar);
Germaniya (savdo aylanmasi – 560 million, eksport – 45 million, import – 515 million dollar);
Turkmaniston (savdo aylanmasi – 491 million, eksport – 137 million, import – 354 million dollar);
Afg‘oniston (savdo aylanmasi – 489 million, eksport – 487 million, import – 2 million dollar);
Ukraina (savdo aylanmasi – 451 million, eksport – 142 million, import – 309 million dollar).

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dastlabki 9 oyi uchun O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng yirik hamkorlari ma’lum qilingandi. Undan hozirgi reytingda mavjud bo‘lmagan Tojikiston ham o‘rin olgan edi. Ayni damda uning o‘rnida top-10 talikdan Ukraina joylashgan.

O‘zbekistonning 2021 yil yanvar–sentabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 28,2 milliard dollarga teng bo‘lgan. Bunda eksport – 10,3 milliard, import – 17,9 milliard, passiv tashqi savdo balansi – 7,6 milliardni tashkil etgan. Ko‘rsatkich 2020 yilning mos davri bilan solishtirganda 800 million dollarga oshgan. O‘shanda tashqi savdo aylanmasi 27,4 milliard dollarni tashkil etgandi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 31,1 milliard dollarni ko‘rsatgan. Bu 2020 yilga nisbatan 3,7 milliard dollarga, 2021 yilga nisbatan 2,9 milliard dollarga ko‘p.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonning tashqi savdodagi top-10 hamkorlari ma’lum qilindi