09:35 / 18.11.2021
2 980

Birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi tushishni boshladi

Birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi tushishni boshladi
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida benzin narxi tushishni boshladi, deya xabar bermoqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi hamda tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzinini birja savdolari orqali barcha xaridorlarga teng sharoitlarda sotilishini tashkil qilish maqsadida, quyidagi amaliy choralar ko‘rilgan:
  • birinchidan, neftni qayta ishlash korxonalari tomonidan 2021 yil 17 noyabrdan boshlab birja savdolariga qo‘yiladigan kunlik umumiy avtomobil benzini hajmining kamida 20 foizini 1 tonnalik lotlarda qo‘yilishi ta’minlandi;
  • ikkinchidan, birja savdolariga qo‘yilayotgan avtomobil benzini xaridorlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini 60 tonnalik lotlar bo‘yicha 120 tonna hamda 1 tonnalik lotlar bo‘yicha 10 tonna miqdorida (limit) belgilandi;
  • uchinchidan, birja savdolariga qo‘yilayotgan avtomobil benzinini kunlik qo‘yiladigan hajmlari oshirildi.

Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida, 2021 yilning 15 noyabrga nisbatan 17 noyabr kuni birja savdolariga qo‘yilgan Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming so‘mdan 9 million 365 ming so‘mga tushib, 8 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,5 barobarga oshdi (32 tadan 112 taga).

«Yuqoridagi ko‘rsatilgan chora-tadbirlar bu vaqt talab qiladigan masala va tabiiyki ushbu davrda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan ilgari sotib olingan qimmat narxdagi benzin zaxiralari hisobiga yuqori chakana narxlar saqlanib qolishi mumkin», —deyiladi qo‘mita xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi tushishni boshladi