10:08 / 22.11.2021
1 744

O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10ta davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10ta davlat ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda. Rossiyadan 4,2 mlrd dollarlik, Xitoydan esa 4,0 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:
Qozog‘iston – 2,2 mlrd;
Koreya – 1,5 mlrd;
Turkiya – 1,3 mlrd;
Germaniya – 571,5 mln;
Turkmaniston – 404,1 mln;
Hindiston – 371,9 mln;
Ukraina – 364,2 mln;
Litva – 342,1 mln dollar.
Bundan tashqari, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 12,4 mlrd AQSH dollariga teng bo‘ldi.

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagicha:
Xitoy – 2,1 mlrd;
Rossiya – 1,7 mlrd;
Turkiya – 1,4 mlrd;
Qozog‘iston – 952,4 mln;
Qirg‘iziston – 643,4 mln;
Afg‘oniston – 521,6 mln;
Tojikiston – 394,8 mln;
Ukraina – 172,4 mln;
Kanada – 171,5 mln;
Turkmaniston – 151,5 mln dollar.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10ta davlat ma’lum qilindi