23:45 / 22.11.2021
2 428

Birja savdolarida benzin, gaz va sement narxi pasaydi

Birja savdolarida benzin, gaz va sement narxi pasaydi
O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida Ai-80 markali benzin narxi tushishda davom etmoqda.
UZEX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 15 – 21 noyabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 135,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi.

AI-80 rusumli avtomobil benzinining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129,4 ming so‘mdan 9 168,4 ming so‘mgacha, ya’ni 9,5% ga pasaydi.

Suyultirilgan gazning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 3 874,1 ming so‘mdan 3 836,9 ming so‘mga, ya’ni 1,0% ga pasaydi.

Sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 504,7 ming so‘mdan 501,4 ming so‘mgacha, ya’ni 0,6% ga pasaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Birja savdolarida benzin, gaz va sement narxi pasaydi