23:49 / 24.11.2021
2 438

«Har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5–6 ta qo‘y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo‘lga qo‘yish shart» — Shavkat Mirziyoyev

«Har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5–6 ta qo‘y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo‘lga qo‘yish shart» — Shavkat Mirziyoyev
Aholi daromadini oshirish va bozorlar to‘kin-sochinligini ta’minlash uchun, har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo‘y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo‘lga qo‘yish shart. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Qo‘shrabot tumanida Soliq qo‘mitasi va viloyat hokimligi ‘loyiha ofisi’ni tashkil qilib, mahallalarga 300 dan ortiq inkubator olib bergan. Bunda, har bir xonadonga veterinariya xizmatlari ko‘rsatish va zarur ozuqalarni yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Eng muhimi, tumanda yiliga 1 million tuxum qo‘yadigan, xonaki tovuq yetishtiradigan ‘mahallalar klasteri’ shakllandi.

Mas’ullar ‘Mikrokredit bank’, ‘Xalq banki’, ‘Agrobank’ bilan birga, bir oy muddatda har bir tumanda xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ‘loyiha ofislari’ni tashkil etsin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tijorat banklari tomonidan yiliga 11-12 million dona tovuq tarqatish bo‘yicha resurslar mavjudligi, lekin parranda naslchiligi sanoat uchun moslashgan bo‘lib, bunday parrandalarni xonaki usulda boqib bo‘lmasligi qayd etildi.

Viloyat hokimlari «Parrandasanoat» bilan birga, yil yakuniga qadar joylardagi ehtiyojni o‘rganib, hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan xonaki parranda tuxumlarini olib kelib, aholiga tarqatishni yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha topshiriq berildi.

«Mas’ullar viloyat hokimlari bilan birga, ikki oy muddatda hudud ehtiyojidan kelib chiqib, xonaki parrandalar naslchiligi korxonalarini tashkil etsin», — deya ta’kidladi prezident.

Davlat rahbari tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, «Eltexsanoat», tijorat banklari va viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda har bir tumanga kamida 100 tadan kichik inkubatorlar yetkazib berish bo‘yicha ishlarni boshlashi bo‘yicha vazifa belgilandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «Har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5–6 ta qo‘y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo‘lga qo‘yish shart» — Shavkat Mirziyoyev