13:37 / 04.12.2021
2 845

O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda

O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasining muhokamasi ham qizg‘in kechdi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining bir qator moddalariga qo‘shimcha kiritish taklif qilinmoqda.

Xususan, kodeksning 337 va 452-moddalariga 2021 yil 1 oktabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga belgilangan 20 foizlik foyda solig‘i stavkasini 15 foizga pasaytirish, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravarga kamaytirish taklif qilinmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qurilish materiallari iste’molchilari bo‘lgan aholining daromadlari oshishiga xizmat qiladi.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda