09:49 / 05.12.2021
2 006

O‘zbekiston 10 oyda 46 ta davlatga 153 mln dollarlik uzum eksport qildi

O‘zbekiston 10 oyda 46 ta davlatga 153 mln dollarlik uzum eksport qildi
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar–oktabr oylarida 46 ta xorijiy davlatga qiymati 153,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 204 ming tonna uzum eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 88 ming tonna;
Qozog‘iston – 63 ming tonna;
Qirg‘iziston – 23 ming tonna;
Xitoy – 9 ming tonna;
Turkiya – 4 ming tonna;
Saudiya Arabistoni – 3 ming tonna;
Ukraina – 3 ming tonna;
Belarus – 2,3 ming tonna;
Ozarbayjon – 1,6 ming tonna;
Iroq – 1,6 ming tonna;
Germaniya – 867 tonna.

Shuningdek, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar–oktabr oylarida qiymati 54,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 77,4 ming tonna pomidor eksport qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,2 ming tonnaga kam.

2021 yilning 10 oyi mobaynida O‘zbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:
Rossiya – 39 ming tonna;
Qozog‘iston – 24,2 ming tonna;
Qirg‘iz R. – 12,3 ming tonna;
Tojikiston – 2 ming tonna;
Belarus – 53,6 tonna;
AQSH – 20,9 tonna;
Afg‘oniston – 12,0 tonna;
BAA – 9,9 tonna;
Ukraina – 9,1 tonna;
Germaniya – 0,5 tonna.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 10 oyda 46 ta davlatga 153 mln dollarlik uzum eksport qildi