21:43 / 07.12.2021
1 984

O‘zbekiston—Qozog‘iston biznes-forumida qariyb 6 mlrd dollarlik loyihalar imzolandi

O‘zbekiston—Qozog‘iston biznes-forumida qariyb 6 mlrd dollarlik loyihalar imzolandi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari o‘rtasida umumiy qiymati 5,9 milliard dollarlik shartnomalar imzoladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi doirasida ishbilarmonlar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi va biznes-forum bo‘lib o‘tgan. Forum yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 5,9 milliard dollarlik qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha savdo shartnomalari, ikki tomonlama bitimlar imzolangan.

«Gazeta.uz»ning Forbes’ga tayanib yozishicha, kengash yig‘ilishida Navoiy viloyati hokimligi, Karlskrona (Qozog‘iston) va KazakhExport (Qozog‘iston) o‘rtasida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan nasos va elektr jihozlarini eksportga yetkazib berishni osonlashtirish va «Navoiy» maxsus iqtisodiy zonasi hududida nasos va elektr jihozlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Bundant tashqari, «O‘zavtosanoat» va Qozog‘istonning «Allur» kompaniyalar guruhi o‘rtasida Chevrolet Nexia avtomobillarini kichik tugunli usulda sanoat yig‘ish va avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib berish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi kelishuv imzolangan.

Shuningdek, «Novo-Angrenskaya» issiqlik elektrostansiyasiga Qozog‘iston ko‘mirini besh yil muddatda yetkazib berish bo‘yicha Mining Works MCHJ bilan shartnoma imzolangan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qozog‘iston Milliy tadbirkorlar palatasi O‘zbekiston—Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining 2022 yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlari rejasini tuzib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 5 dekabr kuni Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan borgan, 6 dekabr kuni esa Toshkentga qaytib kelgandi.

Tashrif chog‘ida Oqo‘rdada Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tor doirada muzokaralar o‘tkazilgan. Unda Mirziyoyev ikki mamlakat tabiiy iqtisodiy hamkor ekanini, iqtisodiyotlari raqobat qilmasligi, aksincha bir-birini to‘ldirib turishini aytgan. 2021 yilda O‘zbekiston—Qozog‘iston o‘rtasida tovar ayirboshlash rekord daraja — 4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Muzokaralar chog‘ida tovar ayirboshlashni 2022 yilda 5 milliardga, uzoq muddatli istiqbolda esa 10 milliardga yetkazish maqsad qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston—Qozog‘iston biznes-forumida qariyb 6 mlrd dollarlik loyihalar imzolandi