10:00 / 30.09.2022
905

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi
O‘zbekistondagi professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga 2022/2023-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari 3—8 oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Bunda test sinovlari:
  • 1-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
  • 2-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi)dan o‘tkaziladi. Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:
  • 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
  • 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
  • majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi