16:37 / 24.10.2017
9 223

O‘zbekiston va Rossiya yog‘ochdan uylar qurish imkoniyatlarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya yog‘ochdan uylar qurish imkoniyatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning yog‘och qurilish materiallarini qo‘llagan holda O‘zbekistonda yog‘ochdan uylar qurish bo‘yicha Rossiya tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Rossiyaga tashrif buyurdi, deb yozadi Daryo.uz.

O‘zbekiston vakillari yelimli bruslardan yog‘och uy komplektlari ishlab chiqariladigan korxonaga va ko‘rgazmali yog‘och uylar dahasiga tashrif buyurdi.
Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov O‘zbekiston bilan hamkorlik Rossiya o‘rmon-sanoat majmuasiga rivojlanish uchun yangi turtki berishini ta’kidladi.

«O‘zagrotexsanoatxolding» boshqaruv raisi o‘rinbosari Saidabbos Saidaminov aytishicha, O‘zbekiston Rossiyadan yuqori qo‘shilgan qiymatli o‘rmon-sanoat mahsulotlari yetkazib berilishiga qiziqish bildirmoqda.
Uning fikricha, O‘zbekiston va Rossiya yog‘och uysozlik texnologiyalari sohasida hamkorikni yo‘lga qo‘yishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Rossiya yog‘ochdan uylar qurish imkoniyatlarini muhokama qildi