21:16 / 30.10.2017
19 717

To‘yxonaga kuyov kelinsiz kirib keldi (Video)

To‘yxonaga kuyov kelinsiz kirib keldi (Video)
Xalqimizning eng yaxshi kunlari, bayramlari, to‘y-marosimlari hamisha o‘zgacha ruhda bo‘ladi. Ayniqsa, ulardagi urf-odatlar, an’analar bir-biridan ajoyib. Har bir inson yaxshi kunlari uchun o‘zining o‘ylab qo‘ygan orzu-havaslari bo‘ladi, albatta.

Odatda, to‘y boshlanishi bilan kelin va kuyov to‘yxonaga birgalikda kirib kelishardi. Ammo bu galgisi boshqacha bo‘ldi.

Yaqinda yangi oila qurgan yosh kelin-kuyov to‘y marosimlarini hammanikidan boshqacha qilishni rejalashtirdilar. Unda kelin va kuyov to‘yxonaga alohida-alohida bo‘lib kirishdi. Birinchi bo‘lib kuyov o‘rtoqlari bilan to‘yxonaga kirib kelgan bo‘lsa, undan so‘ng kelin dugonalari bilan o‘zgacha ko‘rinishda tashrif buyurdi. Albatta, u kimga qanday yoqadi?! Lekin bu yangi oilaning yangicha qadamlari bo‘ldi.

Siz ham ushbu to‘y marosimidan lavha ko‘rishni istasangiz, marhamat:


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘yxonaga kuyov kelinsiz kirib keldi (Video)