09:18 / 01.11.2017
6 545

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi tomdan yiqilib halok bo‘ldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi tomdan yiqilib halok bo‘ldi
31 oktyabr kuni Rossiyaning Svetlogorsk shahrida erkak kishi bino tomidan tushib ketib, halok bo‘ldi, deb yozadi «1news.uz» «VKontakte»dagi guruhlardan biriga tayanib.

Hodisa kechki payt «Viktoriya» supermarketi yaqinida yuz bergan. Marhum qurilayotgan ma’muriy bino tomini yopish ishlari bilan shug‘ullanayotgan edi. Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ishchi tomni yotqizayotgan paytda uni shamol tunuka list bilan birga uchirib ketgan. Qulash oqibatida erkak halok bo‘lgan.

Ayni paytda voqea joyida tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Politsiya marhumning shaxsini aniqladi, u 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 9 metr balandlikdan qulab tushgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi tomdan yiqilib halok bo‘ldi