11:39 / 04.11.2017
6 622

Olimlar saratonning oldini olishda qaysi mahsulotlar yordam berishini aytishdi

Olimlar saratonning oldini olishda qaysi mahsulotlar yordam berishini aytishdi
Buyuk Britaniyadagi Uorik universiteti olimlari yallig‘lanish va hujayralar ichidagi jarayonlar o‘rtasida avval ma’lum bo‘lmagan bog‘liqlikni topishdi. Bu oshqozon-ichak yo‘lidagi ko‘plab kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolashda, shu jumladan, saratonning oldini olishda yordam beradi. Tadqiqot Nature jurnalida e’lon qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Olimlar autofagiya hujayra ichidagi mexanizmi – o‘zining zararli yoki zararlangan elementlarini hujayra tomonidan yutib yuborilishi – noto‘g‘ri ishlaydigan bo‘lsa, yallig‘lanishni keltirib chiqarishini isbotlashdi. Bu yangilik yo‘g‘on ichak saratoni yoki Kron kasalligi profilaktikasida yordam berishi mumkin.

Biroq, qator mahsulotlar autofagiya jarayoni ishiga ijobiy ta’sir ham ko‘rsatadi, hamda yallig‘lanish jarayoni va oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarining oldini olishda qo‘l keladi. Ular orasida anor, uzumning qizil navlari, nok, qo‘ziqorin, yasmiq, soya va ko‘kligida terib olingan no‘xat bor, deb yozmoqda Eurekalert portali.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar saratonning oldini olishda qaysi mahsulotlar yordam berishini aytishdi