16:21 / 04.11.2017
8 287

YTH sababli “Zil” yuk mashinasi Nexia avtomobili ustiga chiqib ketdi

YTH sababli “Zil” yuk mashinasi Nexia avtomobili ustiga chiqib ketdi
Kecha, 3 noyabr kuni Zangiota tumani hududida yuk mashinasi, mikroavtobus va yengil avtomobil ishtirokida jiddiy talafotga sabab bo‘lgani taxmin qilinayotgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berildi.

“Zil” rusumli yuk mashinasi, “Gazel” rusumli mikroavtobus va Nexia avtomobili bir yo‘nalishda harakatlangan, deya taxmin qilinmoqda. Sababi, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tishning imkoni yo‘q. Negaki, Toshkent–Termiz yo‘nalishining mazkur hududida (Toshkent–Yangiyo‘l marshruti yo‘nalishida) ham yo‘llar beton to‘siqlar bilan ajratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarchalgan suratda yuk mashinasi YTH oqibatida beton to‘siqqa chiqib ketganini ko‘rish mumkin.

Guvohlarning ma’lumotiga qaraganda, YTH oqibatida qurbon bo‘lganlar bo‘lishi mumkin. Voqea huquq-tartibot organlari tomonidan aniqlashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YTH sababli “Zil” yuk mashinasi Nexia avtomobili ustiga chiqib ketdi