17:06 / 05.11.2017
27 842

Haydovchilik guvohnomalari uchun to‘lov miqdorlari oshirildi

Haydovchilik guvohnomalari uchun to‘lov miqdorlari oshirildi
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va haydovchilik guvohnomasi uchun yangi to‘lov stavkalari tasdiqlandi. Yangi namunadagi ushbu hujjatlar joriy etilishi munosabati bilan kiritilgan o‘zgartishlar 17 oktyabrdan kuchga kirdi.

Avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma uchun to‘lov miqdori eng kam oylik ish haqining 20 foizidan 70 foiziga qadar oshirildi. Vaqtinchalik guvohnoma uchun to‘lov esa EKOIHning 20 foizini tashkil etadi.

Shikastlangan yoki o‘g‘irlangan guvohnoma dublikati uchun to‘lov ham EKOIHning 70 foizini, yo‘qotilgani uchun esa EKOIHning 1 barobari, yo‘qotilgan vaqtinchalik guvohnoma uchun — belgilangan summaning 5 barobari miqdorida to‘lov undiriladi.

Haydovchilik guvohnomasi olishdagi to‘lov stavkasi ham EKOIHning 20 foizidan 70 foiziga qadar oshirildi. Yo‘qotilgan guvohnoma o‘rniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish to‘lovi EKOIHning 10 foizi miqdorida belgilandi.

Yo‘qotilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi namunadagi guvohnoma yoki yo‘qotilgan yangi namunadagi guvohnoma dublikatini olish uchun to‘lov EKOIHning 1 barobari miqdorida etib belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Javohir
Javohir 1 апреля 2020 08:04
Haydovchilik guvohnomasini online olish mumkunmi?
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchilik guvohnomalari uchun to‘lov miqdorlari oshirildi