22:23 / 06.11.2017
7 925

Sharof Rashidovning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sharof Rashidovning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Davlat arbobi Sharof Rashidovning 100 yilligi arafasida uning oila a’zolari bilan Jizzax Davlat Pedagogika institutining kichik majlislar zalida uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qildi Hordiq.uz nashri.

Uchrashuvda O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi raisi, oila va xotin-qizlar masalalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari, partiya faollari, Jizzax davlat pedagogika instituti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor, prfessor, pedagoglar va talabalar hamda ommaviy oxborot vositasi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sh.Rashidovning hayot yo‘li, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk xizmatlari xususida yoshlarga ma’lumotlar berildi. Sh. Rashidov o‘zbek xalqining fidoyi farzandi, siyosiy davlat arbobi, shoir va yozuvchi, uning hayoti yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir, bizga qoldirgan ma’naviy me’rosini o‘rganish partiyaning dasturiy maqsad vazifalariga hamohang hisoblanadi.

Tadbir so‘ngida Sharof Rashidovning nomini manguliika muhrlanishida munosib hissa qo‘shish maqsadida uning asarlarini ko‘proq targ‘ib qilish, hayot yo‘li to‘g‘risidagi hujjatli filmlarni aholi va yoshlar o‘rtasidagi targ‘ibotiga jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir degan taklif va fikrlar ishtirokchilar tomonidan bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sharof Rashidovning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi