07:48 / 07.11.2017
10 135

Janubiy Koreyada ishlaganlarga 2000 dollargacha sug‘urta pullari to‘lanishi ma’lum qilindi

Janubiy Koreyada ishlaganlarga 2000 dollargacha sug‘urta pullari to‘lanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi «Kompleks test markazi»ning ochilishi oldidan matbuot anjumanini o‘tkazdi, deb yozadi Kun nashri.

Unda ishtirok etgan Koreya Inson resurslari markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Park San Lu o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining faoliyatiga to‘xtalib o‘tib, «sug‘urta depoziti sifatida 200 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘ni qabul qilib»​ olishga chaqirdi.

Uning aytishicha, rasmiy Ye-9 ishchi vizasi bilan Janubiy Koreyaga jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘z muddatida ortga qaytgach, 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan qiymatdagi sug‘urta pulini qabul qilishi so‘raladi.

«Biz barcha mablag‘ va ro‘yxatni O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taqdim qilganmiz. Ishchilar tez orada o‘zlariga tegishli pullarni olib ketishlari so‘raladi», - deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreyada ishlaganlarga 2000 dollargacha sug‘urta pullari to‘lanishi ma’lum qilindi