Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Guruh a’zolari o‘rtasida “mahalla raisi”, “posbon”, “tergovchi”, “tasvirchi”, “haydovchi” va boshqa vazifalar bo‘lib olingan. Har bir guruh a’zosi o‘z vazifasini puxtalik bilan ishonarli qilib bajargan. Bu haqda «Surxondaryo viloyati IIB» matbuot xizmatiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Ularning asosiy faoliyatlari begona erkak mijozlarni o‘z xohishlari va aldov bilan guruhga tegishli qizlar yordamida o‘z yashash xonadonlariga “massaj”, “dam olish”, “maishat” qilish bahonalari bilan chaqirish, ular bilan bir dasturxonda yeb ichib, tashrif buyurgan erkaklarni alohida xonada hozirlangan to‘shakka olib kirish, mijoz yechinishi bilan jinoiy guruh a’zolari kirib kelib, uyali telefon vositasi yordamida tasvirga olishdan iborat bo‘lgan. Guruh a’zolari mijozlarni mahallasiga, oilasiga, ish joyiga sharmanda qilish, olingan tasvirlarni internetga chiqarib yuborish, profilaktika inspektoriga arz qilish bilan qo‘rqitib, katta miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olishgan. Jinoiy guruh a’zolari operatsiya rejadagiday o‘tgani uchun navbatdagi “o‘lja”ni qo‘lga tushirishmoqchi bo‘lishadi. Biroq bu gal “o‘lja” o‘rnida jinoiy guruh a’zolari bo‘lib, navbatdagi operatsiyani o‘tkazish vaqtida jinoyat ustida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindilar.
Ushbu jinoiy guruhlarni K.G. hamda K.F.lar boshqarishganligi, shuningdek voyaga yetmagan farzandini ham jinoyat sodir qilishga jalb qilishganligi aniqlanib, jinoiy guruhning barcha a’zolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur jinoiy guruhning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi bo‘yicha tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi