O‘zbekiston aholisi sentyabr-oktyabr oylarida banklarga yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ni sotgan, deb xabar berdi Qalampir nashri.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu vaqt oralig‘ida har oylik valyuta almashinuvi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga oshgan. Eksportchilar tomonidan sotilgan valyuta hajmi ham 2 barobarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Mazkur hujjatga ko‘ra, 5 sentyabrdan O‘zbekistonning jismoniy shaxslari tijorat banklarining konvertatsiya bo‘limlarida amaldagi tartib-qoidalarga asosan chet el valyutasini erkin sotishi yoki sotib olishi mumkin. Ulardan esa chet elda hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin.
14 sentyabr kuni Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Aminjanovich Ishmetov, MB raisining o‘rinbosari Botir Zohidov 1 hafta mobaynida bank tomonidan aholidan 200 million dollar qabul qilib olingani haqida ma’lum qilishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi