09:50 / 09.11.2017
7 419

O‘zbekistonda kimlar OTMlariga imtihonsiz kirishi mumkin?

O‘zbekistonda kimlar OTMlariga imtihonsiz kirishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7 noyabrdagi qaroriga asosan akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, Xalqaro tanlov va sport bo‘yicha musobaqa g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibi o‘zgartirildi.

Milliy sport turi bo‘lgan Kurash sporti g‘oliblari, shuningdek, olimpiya o‘yinlari turkumiga kiruvchi shaxmat va shashka musobaqalari g‘oliblariga ham OTMlarga kirish bo‘yicha imtiyozlar taqdim etiladi. Ular pul mukofotlarini ham qo‘lga kiritadilar.

OTMlarga qabul qilish uchun imtiyozlar endilikda xalqaro miqyosdagi individual yoki jamoaviy tanlovlar va musobaqalarning 1–3-o‘rinlarini qo‘lga kiritganlar uchun taqdim etiladi. Avvalgi tartibga ko‘ra, 1–5-o‘rinlar egalari bunday imtiyozga ega edi.

Avvalgidek, jamoaviy tarzdagi tanlov, musobaqalarda ishtirok etgan guruhning 3 nomzodi OTMga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin.

Muhim jihati shuki, olimpiada, tanlov yoki musobaqalar g‘oliblari o‘zi ishtirok etgan olimpiada fani, tanlov sharti yoki sport turi bo‘yicha qat’iy mos keluvchi mutaxassislikni tanlashi lozim.

Mazkur hujjat joriy yil 7 noyabrdan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kimlar OTMlariga imtihonsiz kirishi mumkin?