15:20 / 13.11.2017
9 443

Xonanda Saida turmushga chiqdi

Xonanda Saida turmushga chiqdi
Taniqli xonanda Saida (Svetlana Saydiyeva) turmushga chiqdi. Xonandaning to‘y oqshomi 11 noyabr kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tgani xabar qilinmoqda.

Vildar va Saidaning to‘ylarida o‘zbek shou-biznesining taniqli yulduzlari ishtirok etgan.

Xonanda bugungi davr tinglochilariga “Tirnama”, “Chittigul” qo‘shiqlari bilan tanish bo‘lsada o‘z ijodni ancha avval boshlagan.

2004 yilga qadar uning ijodiy faoliyati “A’lo” guruhi bilan bog‘langan edi. 13 yildan buyon yakkaxon tarzda ijod qilayotgan Saida bugungacha Rossiyaning “Golos” teleloyihasida ishtirok etib, tilga tushgan edi. Xonanda so‘nggi bor Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Ipak yo‘li” musiqa tanlovida ishtirok etgan edi.

Saida yuqori ovoz imkoniyatlariga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi nodir iqtidorlardan biri hisoblanadi. Garchi u xonandalikda O‘zbekistonda katta shuhrat qozonmagan bo‘lsada, asl san’at shinavandalari Saidaning ovoz imkoniyatlarini qadrlaydilar.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan yangi oila vakillari: Vildar va Saidaga baxt tilab qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Saida turmushga chiqdi