O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Qarorda elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini yanada joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi komissiya tashkil etilgan.
Komissiya tomonidan “Sagemcom” (Fransiya Respublikasi), “Elster GmbH” (Germaniya Federativ Respublikasi), “Landis & Gyr” (Shveysariya Konfederatsiyasi) kompaniyalari va “Toshelectroapparat” MChJ XK (O‘zbekiston Respublikasi) bilan O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilgan edi.
Ishchi komissiyaning Loyiha doirasida dastlab 2 million dona elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minot, qo‘shimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnik vositalarini sotib olishi belgilangan. Shu maqsadda “Sagemcom”, “Elster GmbH” kompaniyalari va “Toshelectroapparat” MChJ XKdan tender savdolarini o‘tkazmasdan xarid qilish uchun ruxsat berilgan.
Qarorda bir oy ichida xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar imzolash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan Loyihaning amalga oshirish muddatiga Respublikada realizatsiya qilinadigan 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 15 so‘m, 1 m. kub tabiiy gaz uchun 17 so‘m miqdorida zaruratga ko‘ra indeksatsiya qilinadigan hamda faqatgina Loyiha doirasida Jamg‘armaning jalb etilgan mablag‘larini qoplashga hamda boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan investitsiyaviy ustama joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?