Musiqashunos uchun tarix fanidan test ishlash mantiqsizday tuyuladi, biroq shu kungacha ular oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun ushbu fandan tayyorgarlik ko‘rishgan.
Endi esa bunga chek qo‘yildi, san’at yo‘nalishida ta’lim olishni istovchi abituriyentlar faqat ijodiy imtihon natijasiga ko‘ragina OTMga qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16 noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abiturentlar test sinovlari topshirmaydi. Ular faqat ijodiy imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi