11:21 / 29.11.2017
7 782

Toshkent shahar YHXBning tezkor tadbiri boshlandi

Toshkent shahar YHXBning tezkor tadbiri boshlandi
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan “Tozalash-Antiterror” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Yashnobod tumani hududida joylashgan “Cho‘lpon” YPX maskanida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, fuqaro 1963 yilda tug‘ilgan Mirsidiqov Muhammad Qobilovichning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasi tekshirish uchun to‘xtatildi.

Uning avtomashinasi xolislar yordamida ko‘zdan kechirilganda, ushbu avtomashinaning old taraf davlat raqam belgisi ustiga o‘zboshimchalik bilan qoplama (plyonka) yopishtirilib, uning tusi o‘zgartirilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Muhammad Mirsidiqovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 125-moddasi 4-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Chilonzor tumani hududida joylashgan “Erkin” YPX maskanida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, “Neksiya” rusumli avtomashina tekshirish uchun to‘xtatildi.

Mazkur avtomashina xaydovchisi va yo‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazi bazasi orqali tekshirilgan vaqtda, yo‘lovchi, 1985 yilda tug‘ilgan Turg‘un Ramazonovich Berdiyevga nisbatan 2017 yilning 7 avgust kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish) jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruv e’lon qilinganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, Turg‘un Berdiyevga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Chilonzor tumani IIBga topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar YHXBning tezkor tadbiri boshlandi