13:53 / 01.12.2017
6 009

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» direktori o‘zgardi

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» direktori o‘zgardi
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlash innovatsiya markazi - «Mirzo Ulugbek Innovation Center»da rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Farxod Ibrohimov «Mirzo Ulugbek Innovation Center»ning yangi direktori bo‘ldi. Ibrohimov, bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasining «Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish markazi» DUK rahbari edi.

Yangi direktorning asosiy vazifalaridan biri sohada biznes muhitini yaxshilash orqali axborot texnologiyalarini rivojlantirish va IT-sanoati mahsulotlari eksportini ko‘paytirishdan iborat bo‘ladi.

Inovatsiya markazini Ibrohimovga qadar boshqargan Xurshid Sultonov «Mirzo Ulugbek Innovation Center»da o‘z ishini davom ettiradi. U Markazning oliy ta’lim maskanlari bilan aloqalarini boshqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mirzo Ulugbek Innovation Center» direktori o‘zgardi