10:35 / 02.12.2017
28 630

Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova turmushga chiqdi (foto)

Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova turmushga chiqdi (foto)
Milliarder Alisher Usmonovning jiyanlaridan biri bo’lmish 24 yoshli Ganya Usmonova 29 yoshli tennischi Vaja Uzakov bilan turmush qurdi. To’y marosimi Toshkent shahrida bo’lib o’tgan. Tantana mehmonlari turli suratlar va videoroliklarni internet tarmog’iga joylashtirishgan.

To’yning ertasi kuni Ganya ham o’zining Instagram ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida bu kunda uning yonida bo’lgan barcha insonlarga o’z minnatdorchiligini izxor etdi.

“Kecha mening yonimda bo’lgan va quvonchimni men bilan bo’lishgan barchaga rahmat” deb yozgan yangi kelinchak.

Ganya mehmonlar qarshisida livanlik dizayner Rami Kadi tomonidan yaratilgan va ko’plab qimmatbaho toshlar hamda uzun shleyf bilan bezalgan to’y ko’ylagida namoyon bo’lgan.

Xabarda aytilishicha, to’y suratlari ijtimoiy tarmoqlar orqali yashin tezligi bilan tarqalmoqda.

Eslatib ztamiz, Ganya Usmonova London shahrida tahsil olgan va ayni paytda moda bilan shug’ullanadi. U Ganya Usman Collection brendi asoschisi hamdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova turmushga chiqdi (foto)