20:35 / 07.12.2017
6 817

Prezident: “Endi advokatlar jinoyat bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi”

Prezident: “Endi advokatlar jinoyat bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev joriy yilning 30 noyabr kuni “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unda jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi o‘z ifodasini topgan edi.

Qolaversa, farmonda tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalar, ma’muriy qamoqni o‘tash joylarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlashni ta’minlanishi aytilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ham ana shu masalaga e’tiborini qaratdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.

Prezident sud-tergov jarayonida dalillarni soxtalashtirganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy qilinishini ta’kidladi.

Endilikda advokatlar jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu dalillar tergov va sud idoralari tomonidan majburiy tekshirilishi va baholanishi kerak.

“Qiynoqqa solish kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni qat’iyan cheklash maqsadida tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi”, dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: “Endi advokatlar jinoyat bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi”