20:40 / 07.12.2017
21 952

Ta’limda o‘zgarish: endi maktablar 10 yil o‘qitadi, bir yil tayyorlaydi

Ta’limda o‘zgarish: endi maktablar 10 yil o‘qitadi, bir yil tayyorlaydi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bu yil sinov tariqasida O‘zbekistonda 11 yillik ta’lim qaytadan joriy qilingan edi.

Prezidentning tashabbusi bilan endi maktablarda tayyorlov kurslari ochiladi. Ya’ni maktablar o‘n yillik bo‘lib, maktab yoshidagi bola bir yil oldin maktabga tayyorlanadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali marosimdag nutqida aytib o‘tdi.

Prezident ta’limdagi islohotlar haqida gapirar ekan, “Maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashish bugungi kunning talabidir”, deydi.

“Yurtimizning barcha joylarida, eng olis hududlarida ham maktabgacha, ta’lim muassasasi tashkil etiladi. Bu eng avvalo onalar uchun muhimdir. Ular farzandining sifatli tarbiya olishi, maktabga tayyorlanishi uchun birinchi o‘rindagi vazifadir. Qolaversa, bog‘chaga bormagan bola bilan borgan bolaning o‘rtasida katta farq bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qiladi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ta’limda o‘zgarish: endi maktablar 10 yil o‘qitadi, bir yil tayyorlaydi