9 dekabrda Toshkentning Chilonzor tumanida sayyohlik namoyishi ob’ekti – yo‘lga chiqayotgan karvon va ramziy quduq ko‘rinishidagi installyatsiya ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Ushbu installyatsiya g‘oyasi asosiy qismi O‘zbekiston hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lini aks ettirishdan iborat.
Ushbu ob’ekt yangi ishlab chiqilayotgan sayyohlik yo‘nalishlariga kiritiladi. Marosimda ishtirok etgan xorijlik sayyohlarning fikricha, karvon va quduq Ipak yo‘liga xoslikni to‘liq aks ettiradi va shubhasiz, O‘zbekistonga keluvchi xorijliklar orasida ommalashadi.
Qayd etib o‘tish joizki, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Chilonzor tumani hokimiyati bilan birgalikda tumanda kichik sayyohlik klasterini yaratish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Jumladan, Yu.Gagarin ko‘chasini sayyohlar shoping qilishi, tamaddi qilishi va ko‘ngil yozishi mumkin bo‘ladigan maxsus sayyohlik ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilgan.
Bu loyiha doirasida brend do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari (tematik restoranlar, art-kafelar, qahvaxonalar), suvenir do‘konlari, hunarmandlar ustaxonalarini ochish rejalashtirilgan.
Shunday ishlar qo‘mita tomonidan Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari hokimiyatlari bilan birgalikda ham olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?