21:00 / 16.12.2017
8 337

Shavkat Mirziyoyev jajji sportchi qizaloqlar qurshovida

Shavkat Mirziyoyev jajji sportchi qizaloqlar qurshovida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi sport majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident bu yerda mamlakatimizning yosh sportchilari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev yengil atletikachi qizaloqlar bilan muloqotda “Eng avvalo, barcha qilayotgan ezgu amallarimiz siz, aziz farzandlarimizning yorug‘ kelajagi uchun”, dedi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukusda yangi qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishgani va shu yerda prezident nomidan og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli turnirlar sovrindori Rustam Jangaboyevga uy, dzyudochi Elyor Masharipovga “Malibu” avtomobili, qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga “Nexia” mashinasi berilgani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev jajji sportchi qizaloqlar qurshovida