08:30 / 18.12.2017
8 427

Foto: O‘zbekistonda birinchi marta eshitish qobiliyatini tiklaydigan protez implantatsiyasi o‘tkazildi

Foto: O‘zbekistonda birinchi marta eshitish qobiliyatini tiklaydigan protez implantatsiyasi o‘tkazildi
Toshkentning INVIVO klinikasida O‘zbekiston tarixida birinchi marta koxlear implantatsiya o‘tkazildi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana»ga tayanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Operatsiya xalqaro simpozium doirasida rossiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazildi. Amaliyotga Rossiya audiologiya va eshitishni protezlash ilmiy-klinik markazi profilaktika va korreksiya bo‘limi boshlig‘i professor Neli Mileshina rahbarlik qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda har yili karlik yoki eshitish qobiliyati zaif 300–400 bola tug‘iladi. Koxlear implant ularning eshitish qobiliyatini tiklash imkonini beradi.

Ushbu metod eshitish apparatlari eshitish qobiliyatini yetarli darajada tiklamagan paytda qo‘llanadi.

Klinikada 4 yoshli bolaga implantatsiya bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi. Aytilishicha, bolakay noto‘g‘ri belgilangan preparatlar tufayli eshitish qobiliyatini yo‘qotgan. Mediklar operatsiya xonasida suratga olishga ruxsat berdi.

Keyingi kunlar davomida yana bir necha bola shunday amaliyotdan o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, implantatsiya jarayonlari barcha holatlarda muvaffaqiyatli o‘tdi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Foto: O‘zbekistonda birinchi marta eshitish qobiliyatini tiklaydigan protez implantatsiyasi o‘tkazildi