11:01 / 21.12.2017
5 314

Quyi chirchiqlik shaxs o‘zaro janjal vaqtida fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazdi

Quyi chirchiqlik shaxs o‘zaro janjal vaqtida fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazdi
Quyi Chirchiq tumanida 8 dekabr kuni soat 21:30 da 1978 yilda tug‘ilgan A.K uyi oldida 1978 yilda tug‘ilgan O.X bilan o‘zaro janjallashib qoldi. Bu haqda «Toshkent viloyati IIB» matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar berdi.

A.K O.Xning bosh qismiga qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazdi.

Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. O.Xning olgan jarohati hayoti uchun xavfli bo‘lgan bosh miya og‘ir jarohati ekanligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan A.Kga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovni IIB olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quyi chirchiqlik shaxs o‘zaro janjal vaqtida fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazdi