O‘zbekistonda 2017 yil birinchi yarim yil davomida korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilingan 1566 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1130 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, deb yozmoqda Sof nashri.
Sud organlariga 1442 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 954 ta jinoyat ishlari yuborilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga, qo‘zg‘atilgan jinoyi ishlar soni esa 22 foizga kamaygan. Shuningdek, korrupsiya jinoyatlari natijasida yetkazilgan zararning 77 foizi undirib olingan.
Korrupsiyaga aloqador bo‘lgan jinoyatlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu turdagi barcha jinoyatlar soni kamaygan. Jumladan, Jinoyat kodeksining 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash — 39 foizga, 209-moddasi mansab sohtakorligi — 38 foizga, 167-moddasi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon taroj qilish — 37 foizga, 205-moddasi hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish — 35 foizga, 206-moddasi hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish — 31 foizga, 210-212-moddalari pora olish, berish va olish-berishda vositachilik qilish — 13 foizga kamaygan.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra mansabdor shaxslar majburiy tartibda har yili mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya, daromad va xarajatlar haqida ma’lumotlar, shuningdek oila a’zolari — ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari daromadlari va harajatlari haqida ma’lumotlari taqdim etish majburiyatini yuklatish nazarda tutilgan.
Agarda davlat xizmatchisi o‘z daromadlari va mol-mulki, shuningdek oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulklari haqida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan hollarda, ushbu mansabdor shaxs ishdan bo‘shatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi