21:22 / 22.12.2017
5 945

Prezident Toshkent va Jizzax viloyati hokimlari nima uchun ishdan olinganini aytdi

Prezident Toshkent va Jizzax viloyati hokimlari nima uchun ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent va Jizzax viloyatlarining hokimlari nega ishdan olinganiga oydinlik kiritdi.

“Toshkent va Jizzax viloyatlarining hokimlari Shukrullo Boboyev va Ulug‘bek Uzoqov tajribali odamlar edi. Ammo endi bunday ishlab bo‘lmaydi. O‘zbek xalqining boshidan ne-ne kunlar o‘tmadi. Biz u kunlar qaytishini istamaymiz. Bizga qo‘shib yozuvchilar kerak emas”, dedi davlat rahbari. Bu to‘g‘rida Qalampir nashri yozmoqda .

Xabaringiz bor, viloyatlar hokimlari joriy yildagi paxta terimi davrida yig‘ilgan hosilni qo‘shib yozgani uchun Prezident tomonidan vazifasidan ozod etilgan edi.

Prezident bu masalaga to‘xtalar ekan, ularni avval ogohlantirganini aytadi va “Men yerni tagida ilon qimirlasa bilaman”, deb qo‘shimcha qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Toshkent va Jizzax viloyati hokimlari nima uchun ishdan olinganini aytdi