21:06 / 23.12.2017
8 780

Mirziyoyev: «O‘lim haqida guvohnoma olishga ham 6 soat navbat»

Mirziyoyev: «O‘lim haqida guvohnoma olishga ham 6 soat navbat»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi nega tashkil etilganini aytdi.

“Tizimlar tumanda, shaharda, viloyatda ishlamasligini endi hal qilmasalaringiz men katta vazirni ishdan olaman. Odamlar ishonmayapti. Nima uchun agentlik tashkil etilmoqda? Davlatning barcha xizmatlari sifatli bo‘lishi kerak. Sifat nima degani? Odamlar bilan gaplashmay qo‘yildi, Toshkentda o‘tirgan kattakonlar...

FHDYoda navbat, mahallada navbat, kechirasiz, o‘lim haqida guvohnoma olish ham 6 soat navbat. Bizda hamma yer ochered. Shuning uchun mana yangi tizim bo‘ldi. Endi Xalq qabulxonalarida hammasi mujassam bo‘ladi – odamlar faqat xalq qabulxonasiga kelib, murojaat qiladi. Bir soatga kechiktirilsa ham, qaysi davlat idorasi bo‘lishidan qat’i nazar, oylikdan ikki soat-uch soat... Qaror bo‘ladi, o‘qiysizlar. Endi odamlarning aytgan gapini, xizmat qilishni tashkil etmasak – bunday idora menga ham, O‘zbekistonga ham kerak emas”, - deydi davlat rahbari.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev: «O‘lim haqida guvohnoma olishga ham 6 soat navbat»