12:05 / 25.12.2017
7 466

“Qora bozor”da aka-uka “dollarchi”lar qo‘lga tushdi

“Qora bozor”da aka-uka “dollarchi”lar qo‘lga tushdi
Xorijiy valyutani noqonuniy oldi-sotdi qilgan yaqin og‘a-ini Ilyos va Abbos G‘aniyevga Jizzax shahar ma’muriy sudi tomonidan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Hordiq.uz yozmoqda.

Aka-ukalar fuqaro G‘.Hazratqulovdan 400 dollarni 3 million 200 ming so‘mga sotib olayotganida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor deb topildi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan pullar davlat foydasiga musodara qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Qora bozor”da aka-uka “dollarchi”lar qo‘lga tushdi