10:26 / 26.12.2017
6 376

303,0 mln. so‘mlik "lochin"larni chegaradan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

303,0 млн. сўмлик "лочин"ларни чегарадан олиб чиқиб кетмоқчи бўлган шахс қўлга олинди
Sirdaryo tumani hududidagi MXX Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘shinlarining maxsus bo‘linmasi hamda Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani “Yangi-Hayot” suv iste’molchilar uyushmasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan, aylanma va ovloq yo‘llari orqali noqonuniy ravishda davlat chegarasini buzib harakatlanib kelayotgan,1995 yilda tug‘ilgan Jizzax viloyatida yashovchi M.Boliyev to‘xtatilib tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ko‘zdan kechirilganda unda 9 dona, qiymati 303 mln. so‘mdan ortiq “Lochin” turiga mansub tirik qushlar borligi aniqlandi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari Tabiatni muhofaza qilish hududiy inspeksiyasi boshqarmasining xulosasiga ko‘ra ushbu noyob qushlar “Qizil kitob”ga kiritilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv va dastlabki surishtiruv tadbirlari natijasida fuqaro M.Boliyev ushbu noyob qushlarni 200 AQSh dollari evaziga aylanma yo‘llar orqali Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy ravishda olib o‘tib berishga kelishib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Tabiatda yo‘qolib borayotgan, kamyob o‘simlik va hayvonot dunyosining genofondini saqlab qolish barchamizning burchimiz ekanligini bugungi kun yoshlariga uqtirish borasida vazifalarimiz talaygina ekanligini unutmasligimiz zarur.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 303,0 mln. so‘mlik "lochin"larni chegaradan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi