Inson axborotni 17 yoshdan 20 yoshgacha bundan kattaroq yoshi yoki bolaligidagidan ko‘ra osonroq o‘zlashtirar ekan. Bu haqda Nature Communications jurnaliga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bilim olish jaryonida miya yo‘l-yo‘l tanasi dorsolateral qismi muhim rol o‘ynaydi. Yoshga bog‘liq holda miyaning bu strukturasi faolligi o‘zgarishi avval o‘rganilmagan edi.
Leyden universiteti mutaxassislari buni aniqlash uchun nevrologik kasalliklarga ega bo‘lmagan, 8 yoshdan 25 yoshgacha 232 kishi ishtirok etgan tajriba o‘tkazishdi. Tajriba vaqtida kompyuter yo‘l-yo‘rig‘i bilan bilim olgan holda, javob variantlariga ega mantiqiy topshiriqlarni yechish zarur bo‘lgan.
Tajriba ishtirokchilari miyalarini skanerlash miya yo‘l-yo‘l tanasining faolligi yoshga bog‘liq holda o‘zgarishi va 17 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan odamlarda maksimum darajaga yetishini ko‘rsatgan.
Olimlarning fikricha, yuqoridagi yosh davri inson miyasi axborotni eng samarali qabul qiladigan bosqich hisoblanar ekan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin