14:01 / 28.12.2017
6 026

Agentlik qoshida Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Agentlik qoshida Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 23 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi.

O‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, o‘zbek adabiyoti namunalarini chet tillarga tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishingiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev universitet mutaxassislari bilan suhbatda.

Mazkur oliy ta’lim muassasasining o‘zbek-ingliz tarjima fakulteti, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, tarjimashunos Gulnoza Odilova o‘zining o‘zbek adabiyoti namunalarini chet tillarga tarjima va targ‘ib qilish mexanizmi loyihasini Prezidentga namoyish etdi. Shavkat Mirziyoyev mazkur rejani zudlik bilan amalga oshirish choralarini ko‘rish lozimligini qayd etdi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida Gulnoza Odilova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘ini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish, ushbu loyiha faoliyatiga yurtimiz va chet ellardagi mohir tarjimon hamda muharrirlarni tanlov asosida keng jalb etish, milliy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga o‘girib, dunyo tafakkuri, madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati yuksalishida Vatanimizning salmoqli hissasini qo‘shishga kelishib olindi.

Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborilgan. Yaqin kunlarda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qoshida Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Uning faoliyatidan nainki mamlakatimiz aholisi, balki dunyo xalqlari ham bahramand bo‘lishiga ishonamiz.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Agentlik qoshida Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi