11:33 / 05.01.2018
7 304

Endi sayohat qilishingiz uchun zamonaviy avtobuslar xizmat qiladi

Endi sayohat qilishingiz uchun zamonaviy avtobuslar xizmat qiladi
O‘zbekistonda ichki shaharlararo ekskursiyalar tashkil etish uchun mo‘ljallangan maxus sayohat avtobuslari – SAZ HD 50 ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur transport sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lib, xavfsizlik nuqtai nazaridan mukammal ishlangan. Avtobusda konditsioner, televizor,Wi-Fi, mikrofon, audio tizim va kolonkalar mavjud bo‘lib, har bir o‘rindiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. Qisqasi - sayyohlar xordiq chiqarib sayr qilishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Shuningdek, avtobusda videokamera ham o‘rnatilgan bo‘lib, sayyohlar xavfsizligi uchun xizmat qiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi sayohat qilishingiz uchun zamonaviy avtobuslar xizmat qiladi